Biz haqimizda

Stomat.ART — stomatologlar tomonidan stomatologlar uchun yaratilgan loyiha.

Biz realistik 3D-modellar, fantomlar ishlab chiqamiz va raqamli texnologiyalarni kundalik amaliyotga joriy etamiz.
Bizning afzalliklarimiz
  • O‘z ishlab chiqarish
    Yo‘limizni raqamli texnologiyalarni o‘rganish va bitta printerdan boshlaganmiz. Bugun esa modellarimiz professional 12K printerlarda, yuqori sifatli materiallardan chop etilmoqda.
    01
  • Doimiy rivojlanish
    Hamkasblarimizdan olinadigan fikr-mulohazalar asosida modellarning sifatini doimiy ravishda yaxshilab boramiz.
    02
  • O‘z ishlanmalarimiz
    Hamkasblarimiz uchun amaliyotda qulay, sodda va foydali fantomlar yaratamiz. Shuningdek, mamlakatimizda raqamli stomatologiyaning rivojlanishida faol ishtirok etamiz.
    03
Bizning jamoamiz
  • Akram Karimov
    Ortodont shifokor, loyihaning hammuassisi
    Katalogdagi barcha 3D-modellarning muallifi. Elaynerlar, splintlar bilan ishlaydi, modellashtiradi va chop etish hamda o‘quv jarayoni uchun modellarning tayyorlanish bosqichlarini to‘liq nazorat qiladi.
  • Abrorkhuja Rikhsikhujaev
    Ortodont shifokor, loyihaning hammuassisi
    Modellarning ishlab chiqarish qismiga mas’ul. Jarrohlik shablonlari, kapalar va splintlarni 3D-modellashtirishga ixtisoslashgan. Raqamli yechimlarni real amaliyotga moslashtirish bilan shug‘ullanadi.
  • Sardor Ravshanov
    Estetik restavratsiya mutaxassisi
    Loyihaning vizual uslubini rivojlantiradi, shifokorlarga estetik restavratsiya texnikalarini o‘zlashtirishda yordam beradi.
Biz nimaga intilamiz
Biz — amaliyotchi shifokorlar jamoasimiz va bizning maqsadimiz faqat o‘qitish emas, balki O‘zbekistonda stomatologiyaga bo‘lgan yondashuvni o‘zgartirish. Mana bizning asosiy maqsadlarimiz

Raqamli texnologiyalarni amaliyotga joriy etish

Biz 3D-modellashtirish, skanerlash, restavratsiya dizayni va virtual rejalashtirish Toshkentdan tortib eng olis shaharlargacha — har bir klinikada odatiy amaliyotga aylanishini istaymiz.
Bemorga qadar amaliyot
Biz faqat bilim bermaymiz — balki anatomik jihatdan aniq modellalar va fantom simulyatorlarida ko‘nikmalarni charxlash imkonini yaratamiz. Chunki shifokorning qo‘lidagi ishonch bemordan emas, unga qadar bo‘lgan mashqdan boshlanadi. Biz ta’limda ham, amaliyotda ham “zarar qilma” tamoyilini qo‘llab-quvvatlaymiz.
Raqamli ta’limni kengaytirish
Har bir talaba, intern yoki shifokor ortiqcha xarajatlarsiz, tayyorgarlik darajasidan qat’iy nazar, o‘qishni boshlay olishi uchun qulay va hammabop kurslar hamda materiallar yaratish.
Стань частью нашей команды
Если хочешь в нашу команду, оставь свои данные и мы свяжемся в ближайшее время